JMschool.uz

Bizda innovatsion o'quv dasturi

Bizning o'qituvchilarimiz har bir o'quvchi bilan ishlaydi

Biz sizga qulay bo'lgan vaqtni tanlaymiz

Har bir o'quvchi ekskluziv o'quv materiali bilan ta'minlanadi

Har hafta o'qituvchi IMO ilovasi orqali jonli muloqot darslarini olib boradi

Bizning maktabimiz boshqa maktablardan farq qiladi, onlayn o'qish - bu davr talabi va haqiqati

Eng qisqa muddatda siz rus tilida tushunishni, gapirishni va muloqot qilishni o'rgana olasiz

Bizning guruhlarda o'quvchilar soni 20 tadan oshmaydi

O'quv jarayoni - jonsiz jarayon emas. Har bir o'quvchi biz uchun muhim

Biron qiyinchilik yoki savolingiz bo'lsa, Siz o'qituvchi yoki bizning jamoamiz bilan bog'lanishingiz mumkin

Biz sizga sifatli ta'lim berishni kafolatlaymiz. Biz sizning tanlovingizni va ishonchingizni oqlaymiz

Siz til egasi bo'lgan, oliy ma'lumotli, malakali professional o'qituvchilar qo'l ostida taqsil olish imkoniyatiga ega bo'lasiz
JM school
O'quvchilar soni
Guruhlar soni
Saytga tashrif buyurganlar
Eng yaxshi xodimlar

Lutfullaev Javlon Jahongirovich
Yosh va shijoatli tadbirkor va sevimli Vatanimiz rivojiga katta hissa qo'shayotgan , vatanparvar inson! Toshkent shahrida tug'ilib, Qarshi shahrida voyaga yetgan. Psixologiya va menejment kurslarini tamomlagan. Rossiya va Qozog'istonga sayohat qilgan. "J&M school"rus tili maktabiga 02.10.2019 yilda asos solgan. Maktab ochilganidan beri Javlon Jaxongirovich jamoasi 1000 dan ortiq o'quvchilarga dars berib,ularni rus tilidan mukammal bilimga ega bo'lishiga sababchi bo'ldi . Ushbu odam haqida qisqacha ma'lumot - Mamlakatimizni ajoyib kelajakka yetaklaydigan inson. PS. Juda do'stona, shijoatli, pozitiv va dunyodagi eng yaxshi BOSS.

Akifyeva Olesya Olegovna
Ma'lumoti: oliy Ish tajribasi : 10 yildan ortiq Yutuqlari: 1000ta dan ortiq o'quvchilar Аbituriyentlar turli chet davlatlari va mahalliy oliy o'quv yurtlarida tahsil olib(grant yoki shartnoma asosida, magistratura ) muvaffaqiyatli tamomlaganlar. • A1 A2 B1 bosqichlariga bo'lingan rus tili so'zlashuvini o'qitish uchun o'z dasturi mavjud • Abituriyentlarni rus tili va adabiyoti yo'nalishidan kirish imtihonlariga tayyorlov darslari + Mavzular bo'yicha testlar tuzish, hamda ularni o'zbek va rus tilllarida tushunarli yo'l bilan o'quvchilarga yetkazib berish

Ahmedova Madina Murodxon
Mening ismim Ahmedova Madina Murodxon qizi. Ma'lumotim oliy (bakalavr) Fargʻona davlat universitetida xorijiy tillar fakultetida tahsil olganman va a'lo baholarga tamomlaganman. Ish tajribam 3 yil: xususiy maktablar, bolalar bo'g'chalari va til markazlarida ingliz va rus tilidan dars berganman. Hozirda esa, J&M school rus tili maktabida ishlamoqdaman. Ingliz va rus tillarida bemalol gaplasha olaman. Juda ham talabchan, kirishuvchan, kommunikativ va tirishqoq insonman

Batirova Yelena Murodovna
Ma'lumoti: oliy(bakalavr) xorijiy tillar fakulteti, rus tili va adabiyoti bo'limi. Ish tajribasi: 4 yil Shaxsiy sifatlari: ma'suliyatli, xushmuomala, tirishqoq, zamon bilan hamnafas bo'lgan inson Hamma o'quvchilari kerakli bikimlarga ega bo'lib, o'zining o'qishida, ishidagi karyerasida va oddiy kundalik so'zlashuvda juda katta yutuqlarni, qoniqarli natijalarni ko'rsatgan.

B Jalilova Shaxzoda
Mening ismim Jalilova Shaxzoda. Men musiqa direktori bo'lish uchun o'qiganman, biroq butun umrim davomida rus grammatikasiga va adabiyotiga qiziqganman, shuning uchun men rus tili va adabiyoti fakultetiga o'qishga kirishga qaror qildim va a'lo baholarga tamomladim. Birinchi kursdаnoq men xususiy maktab va til markazlarida repetitorlik bilan shug'ullanganman. Men FELICITA va WEBCLASS kabi o'quv markazlarida, abiturient tayyorlov markazlarida 2 yil davomida dars berganman. Xozirda esa men eng zo'r maktabda, ya'ni J&M Schoolda ishlamoqdaman va bu yerdagi o'quvchilarimning natijalaridan juda ham zavqlanmoqdaman. Ularning yangi mavzularni yaxshi o'zlashtirayotganliklari va rus tilida gapira boshlashgani meni xursand qilmoqda. Shunaqa paytlarda men ilojsiz narsaning o'zi yo'qligiga ishonch hosil qilaman. Biz bilan birga siz han rus tilini o'rganing!!

Raxmanova Albina
Mening ismim Raxmanova Albina. Moskvadagi Rossiya davlat turizm va servis universitetini tamomlagan. Uzoq vaqt davomida Moskvada ma'mur va hisob menejeri sifatida mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ishlagan. Hozirda men rus tilini o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabda, J&M maktabida, talabalar bilan ishlash bo'limining mudiri sifatida ishlamoqdaman. Men o'z ishimni odamlar bilan va yangi tanishlar bilan muloqot qilish kabi yaxshi ko'raman. Bizning Maktabimiz qisqa vaqt ichida rus tilini do'stona muhit va eng zo'r o'qituvchilar va yetakchi Javlon Jaxongirovich bilan birga o'rganish imkoniyati.
O'qituvchilar bilan bog'lanish

Lutfullaev Javlon Jahongirovich

Batirova Yelena Murodovna

Akifyeva Olesya Olegovna

Ahmedova Madina Murodxon qizi

Raxmanova Albina
